Foto: «Domashniy ochag»
Jig‘ildon qaynashidan aziyat chekadigan insonlar qanday mahsulotlarni iste’mol qilmasligi kerak? Albatta, achchiq va qovurilgan ovqatlar, pomidor souslari, qahva va non kabilar. Biroq har doim hamma narsadan o‘zni inkor etib bo‘lmaydi. Yaxshiyamki, jig‘ildon qaynashidan xalos bo‘lishga yordam beradigan mahsulotlar mavjud.
Zanjabil
Zanjabil ovqat hazm qilishga yordam beradi, shuningdek, ko‘pincha og‘riq va shishni bartaraf etadi. Hamda jig‘ildon qaynashining oldini oladi. Qolaversa, yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega, asab tizimini tinchlantiradi va oshqozon kislotasini kamaytiradi. Buning uchun zanjabilning bir necha bo‘lagiga qaynoq suv quyiladi va shakar qo‘shilmagan holatda ovqatdan oldin ichiladi.
Banan
Hech kimga sir emaski, apelsin, greypfruit yoki rezavorlar kabi kislotali mevalar jig‘ildon qaynashini keltirib chiqarishi mumkin. Bananlar esa ishqoriy mevalardir, shuning uchun ular oshqozondagi kislotalilikni kamaytiradi va noxush alomatlarni yo‘q qiladi.
Yogurt
Muntazam ravishda jig‘ildon qaynashidan aziyat chekadigan odamlar uchun ajoyib tanlov. Faqat yogurt tabiiy bo‘lishi juda muhim, sun’iy qo‘shimchalarsiz va yog‘siz bo‘lishi kerak. Yog‘li mahsulotlar qizilo‘ngachning pastki sfinkteriga bosimni pasaytiradi va hazm qilish uchun ko‘proq vaqt talab etadi, shu bilan jig‘ildon qaynashi ehtimolini oshiradi. Jig‘ildon qaynashining oldini olish uchun kechasi ovqatlanmaslik va ovqatlanish orasida uzoq vaqt qoldirmaslik tavsiya etiladi.
Qovun
Banan kabi qovun ham kislotalarni zararsizlantiradigan ishqoriy meva hisoblanadi. Qovun bo‘laklarini jig‘ildon qaynashiga olib kelishi mumkin bo‘lgan nordon rezavorlar o‘rniga smuzi yoki smetanalarga qo‘shish mumkin. Biroq qovun ham, banan ham vaziyatni yomonlashtirishi mumkin. Bu taxminan 1 foiz odamlarda sodir bo‘ladi, shuning uchun bu tajribani mahsulotning kichik bo‘lagidan boshlash kerak.
Yashil sabzavotlar
Yashil sabzavotlar iste’mol qilishning minglab sabablari bor. Eng muhimi, karam, ismaloq, gulkaram va Bryussel karami, shuningdek, salat bargi jig‘ildon qaynashida yordam beradi, chunki ular pH darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlardir.
Suli yormasi
Suli yormasi oshqozonni tinchlantiradi va turli ovqat hazm qilish muammolari bo‘lgan odamlar uchun eng foydali mahsulotdir. Bundan tashqari, jig‘ildon qaynashida yordam beradi, faqat uni suvda, yog‘siz yoki bodom sutida pishirish tavsiya etiladi. Qo‘shimcha ta’sir uchun bo‘tqaga banan bo‘laklarini ham qo‘shish mumkin. Shuningdek, ortiqcha vaznli odamlarda jig‘ildon qaynashidan aziyat chekish ehtimoli ko‘proq.
Saqich chaynash
Qizilo‘ngach devorlaridan kislotani olib tashlaydigan so‘lak miqdorini oshiradi. Jig‘ildon qaynashi bilan kurashish uchun yalpizli saqichni tanlamaslik kerak va saqichni och qoringa emas, balki ovqatdan keyin chaynash mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar