14:44 / 17.01.2022
1 503

Qahvaning kutilmagan xavfi ma’lum bo‘ldi

Qahvaning kutilmagan xavfi ma’lum bo‘ldi
Spirtli ichimliklar, shakarli ichimliklar va qahvani suiiste’mol qilish miya shikastlanishiga va kognitiv buzilishlarga olib kelishi mumkin. Bu haqda amerikalik diyetologlarga asoslanib, Eat This, Not That! portali xabar bermoqda.

"Ko‘p miqdorda spirtli ichimliklar miya neyronlarini tezda o‘ldiradi, shuning uchun muntazam ichish unga jiddiy zarar etkazishi mumkin", - deya ogohlantiradi mutaxassislar.

Qahvani ham me’yorida ichish juda muhimdir. Kam miqdorda kofein kognitiv funksiyalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, lekin uni haddan tashqari iste’mol qilish - qarama-qarshi natijaga olib keladi. Kuniga olti chashkadan ortiq ichilgan qahva miyaning qisqarishiga va demensiya kasalligi rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Ko‘p miqdorda shakar bo‘lgan ichimliklar ham miya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Avvalroq shakar miya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va uning tarkibida yuqori bo‘lgan ichimliklar miya faoliyatini buzishi, vaqt o‘tishi bilan prefrontal korteksning pasayishiga olib kelishi ma’lum bo‘lgan edi. Agar odam kuniga bir yoki ikki stakan shakarli ichimliklar ichsa, uning miyasi 5,8 yoshga, ikki stakandan ortiq bo‘lsa - 11 yoshga qariydi.

Demensiya - bu orttirilgan kasallik bo‘lib, ilgari olingan bilim va amaliy ko‘nikmalarning ma’lum darajada yo‘qolishi bilan kognitiv faollikning doimiy pasayishiga olib keladi. Ko‘pincha bu holat keksalikda sodir bo‘ladi. Dunyo bo‘ylab har yili o‘n millionga yaqin kishi demensiyaga chalinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qahvaning kutilmagan xavfi ma’lum bo‘ldi