Foto: «Domashniy ochag»
Albatta, bu faqatgina hojatxona va pol emas. Har bir xonadonda bakteriyalar faol ravishda ko‘payadigan juda ko‘p uy jihozlari mavjud. Ularni imkon qadar tezroq tozalab turish lozim.
Oshxona taxtasi
Ushbu buyum hamisha toza turishi kerak. Taxtani gubka bilan yuvish kifoya, keyin yaxshilab qaynoq suv bilan chayib tashlanadi. Idish yuvish mashinasidan foydalanganda ham, uni yuvish yoddan chiqmasligi kerak. Bundan tashqari, go‘sht uchun alohida taxtadan foydalanish tavsiya etiladi.
Oshxona sochiqlari
Odatda oshxonada qo‘llarni, idishlarni quritish uchun bitta sochiqdan foydalaniladi. Natijada bakteriyalar matodan plastinka yoki yuvilgan meva va sabzavotlarga tushishi mumkin. Bundan tashqari, namlik mikroblar uchun qulay muhit bo‘lib, ho‘l sochiqlar turli mikroorganizmlarni o‘zida to‘playdi. Bularning barchasi zaharlanishga olib keladi. Xavfni minimallashtirishda qo‘l, idishlar va ish uchun turli xil sochiqlardan foydalanish lozim. Idish uchun mo‘ljallangan sochiqlarni har kuni o‘zgartirish kerak, chunki ular zararli bakteriyalar to‘planadigan birinchi joy. Barcha oshxona sochiqlarini ruxsat etilgan eng yuqori haroratda yuvish va keyin ularni dazmollash tavsiya etiladi.
Eshik tutqichlari
Oila a’zolarining har biri kuniga o‘n martalab ularga tegadi, bakteriyalar ko‘payadi va butun uy bo‘ylab tarqaladi. Tutqichdagi bakteriyalar ko‘z yoki og‘iz orqali osongina ichkariga kiradi. Har hafta eshik tutqichlari muntazam ravishda tozalanib turishi kerak. Agar kimdir uyda kasal bo‘lsa, bu jarayon tez-tez amalga oshirilishi lozim, buning uchun maxsus eritmadan foydalanish mumkin.
Hammom jo‘mragi
Suvni ochish uchun ularga tegib, keyin ular toza qo‘llar bilan yopiladi. Jo‘mraklarni sovunli gubka bilan haftasiga bir marta yaxshilab yuvish tavsiya etiladi. Agar uyda kimdir kasal bo‘lsa, buni tez-tez amalga oshirish kerak.
Televizor va konditsioner pulti
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, eng ko‘p bakteriyalar masofadan boshqarish pultidan topilgan. Albatta, uyda faqatgina oila a’zolari masofadan boshqarish pultini ishlatadi, ammo shunga qaramay, unda zararli mikroorganizmlar ham yashashi mumkin. Agar uyda hamma sog‘lom bo‘lsa, pultni haftada bir marta nam salfetkalar bilan artib olish kerak. Oilada shamollaganlar bo‘lsa, uni har kuni tozalash lozim.
Chiroq yoqgichlar
Chiroq yoqgichlarga eshik tutqichlari kabi tez-tez tegiladi. Ularni haftada bir marta iliq sovunli suv bilan tozalash lozim. Ayniqsa, uyda bemorlar bo‘lganda ularni tez-tez tozalab turish kerak.
Uy telefoni
Telefondan foydalanganda uning yuzasidagi bakteriyalar, ayniqsa, telefon tugmalarida yanada tezroq ko‘payadi. Telefonni kamida haftasiga bir marta nam salfetkalar bilan artish tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi