Foto: Shutterstock
Atir hidining barqarorligi har doim ham brendga bog‘liq emas, parfyumning sifati ham kamdan kam hollarda ahamiyat kasb etadi. Tarkibi, konsentratsiyasi va hatto ba’zi notalarni shaxsiy idrok etishingiz atirning ko‘proq turishiga ta’sir qiladi. Qimmatbaho atir sotib olib, hafsalangiz pir bo‘lmasligi uchun nimalarga e’tibor qaratish kerakligini bilib oling.
Aromat turi
Parfyum, aromat, atir va sprey bir xil narsa emas. Masalan, atirning mag‘rur unvoniga yog‘lar konsentratsiyasi 20-30 foiz bo‘lgan flakonlar sazovor bo‘lishi mumkin. Quyida xushbo‘y hidlarning turlari chidamliligining kamayishi tartibida, qavs ichida esa fransuzcha nomi bilan berilgan:
Atir (Parfume) — 20-30 foiz parfyumeriya moylari
Ushbu konsentratsiyada ko‘pincha faqat o‘ziga xos xushbo‘y hidlar kiritiladi. Aromat bir necha kun turishi uchun tanaga yoki kiyimga bir necha tomchi surtish kifoya.
Parfyum suvi (Eau de parfume) — 15-20 foiz
Kosmetik gipermarketlar javonlarida biz ko‘rgan eng keng tarqalgan variant. Terida taxminan 6 soatgacha turadi, shuning uchun agar uydan uzoq vaqtga ketsangiz, uni o‘zingiz bilan olib ketganingiz ma’qul.
Pardoz suvi (Eau de Toilette) — 15-20 foiz
Parfyum suvi bilan bir xil konsentratsiyaga qaramay, pardoz suvi kamroq — 3-4 soat turadi. Gap shundaki, ularda ko‘proq suv va alkogol bor, ular esa tez bug‘lanadi, ayniqsa, issiqda.
Yangilovchi suv (Eau Fraiche) — 1-3 foiz
Odatda bu sprey yoki mist bo‘ladi, maksimal chidamliligi 1-2 soat. Boy hidni kutmang, uning maqsadi shunchaki yangilashdir.
Foto: Shutterstock
Selektivlik
Agar hidi uzoq vaqt saqlanib turadigan atir izlayotgan bo‘lsangiz, ularni aromatlar orasidan qidiring. Selektiv parfyumeriya cheklangan miqdorda ishlab chiqariladi va hamma do‘konlarda ham sotilavermaydi. Hajmi ham kichik — Chanel va Versace kabi 4000 yoki 5000 emas, 400 yoki 500 bo‘ladi. Ushbu atirlar murakkab tarkibga ega: notalar soni ikki baravarga ko‘p va ular orasida muzlatilgan yog‘och yoki shampanli qo‘ziqorinlar uchraydi. Bunday atirlarni yaratish uchun hatto maxsus xom ashyo yetishtiriladi, yangi formulalar ixtiro qilinadi va bir yildan ko‘proq vaqt sarflanadi.
Tarkibi
Hidi uzoq vaqt turishiga asosan aromatlar ta’sir qiladi. Misol uchun, bir kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan ikkita turli odekolonning turg‘unligi har xil bo‘lishi mumkin.
Barqaror hidli
Sharq parfyumlari qanchalik kuchli va uzoq vaqt turishini hech payqaganmisiz? Gap shundaki, ularning asosiy tarkibiy qismlari ud, yog‘och, mushk, shipr va sandal daraxti kabi yog‘ochli notalardan tashkil topadi. Ko‘pincha ularda anbar, archa, kedr, pachuli, vetiver hidlari bor. Gullardan turk atirgulining ifori barqarorligi bilan ajralib turadi.
Beqaror hidli
Odatda bu yengil gul va mevali aromatlaridir. Yasmin, iris, binafsha, pion, apelsin guli, shaftoli, qulupnay, greypfurt yoz uchun ajoyib ifor bo‘la oladi.
Qo‘llash bo‘yicha maslahatlar:
- Parfyumni qayerda va qanday foydalanish muhim rol o‘ynaydi. Hatto terining turi ham. Quyida xushbo‘y hidning ko‘proq turishiga yordam beradigan bir necha qoidalar mavjud;
- Dushdan so‘ng teringizga darhol parfyum surting. Bug‘langan teri shimgich kabi xushbo‘y moylarni o‘zlashtiradi;
- Xushbo‘y hid sochlarda ham juda yaxshi saqlanib qoladi. Tarkibida spirtni bo‘lmagan maxsus aromatlardan foydalaning — spirt sochni quritadi;
- Kiyimingizga atir sepmang. Parfyumni havoga purkab, keyin xushbo‘y tumanga kiring, shunda parfyum tana bo‘ylab bir tekis taqsimlanadi;
- Parfyum yog‘li terida uzoqroq turadi. Agar teringiz quruq bo‘lsa, bo‘yin va qo‘llanadigan sohalarni parfyumingiz bilan bir xil markada bo‘lgan krem bilan namlang — hozirda brendlar ularni kolleksiya qilib chiqarishmoqda.
Foto: Shutterstock
Tashqi tomondan ko‘rish
Burnimiz tanamizning har qanday hidiga juda tez moslashadi. Shuning uchun ham o‘zingiz parfyumingizni ob’ektiv baholay olmaysiz. Bundan tashqari, har qanday xushbo‘y hid tanada 20-30 daqiqada namoyon bo‘ladi, ungacha esa bu hidga ko‘nikib bo‘lasiz. Eng yaxshi yechim — do‘stingizdan siz sepgan atir haqida so‘rashdir. Parfyumning turg‘unligini bilish uchun esa 5-6 soatdan keyin yana qaytadan so‘rang. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi