Kompyuter qarshisida ishlaydigan insonlarda birinchi navbatda tayanch harakat organlari kasalliklarining paydo bo‘lishi ehtimoli yuqori.
Ko‘p vaqt kompyuter qarshisida ishlash va jismoniy faoliyatning kamligi “ofis” kasalliklariga sabab bo‘ladi.
Buni qanday oldini olish mumkin? Vrach-terapevt Galina Rodchenkova Sputnik radiosida foydali tavsiyalari bilan bo‘lishdi.
Nosog‘lom ovqat, uzoq vaqt o‘tirib ishlash, stress, ish va dam olishda tartibsizlik salomatlikda ko‘plab muammolarga olib keladi. Biroq bir qancha oddiy odatlar “ofis” kasalliklarini oldini olishda yordam beradi.
Har kuni kompyuter qarshisida ishlaydigan insonlarda birinchi navbatda tayanch harakat organlari kasalliklarining paydo bo‘lishi ehtimoli yuqori.
“Ko‘p vaqt o‘tirgan holda ishlash odatda umurtqaning bo‘yin sohasida og‘riqlarga sabab bo‘ladi. Hamda o‘ng qo‘lda, chapaqaylarda esa chap qo‘l, xususan belda og‘riqlar paydo bo‘ladi”, - deydi shifokor.
Shuningdek, shifokorning ta’kidlashicha, varikoz, gemorroy va qon bosimi muammolari ham “ofis” kasalliklari sirasiga kiradi. Bundan tashqari, ish vaqtida nosog‘lom ovqatlanish semizlik, vazn ortishini keltirib chiqaradi. Jumladan, uzoq vaqt kompyuter bilan ishlashda ko‘rish qobiliyatining pasayib ketishi ham barchaga ma’lum.
“Tavsiya va qoidalar juda oddiy. Ko‘rish qobiliyati pasaymasligi uchun muntazam ko‘z mashqlarini bajarish lozim. Ovqatlanish tizimini qattiq nazorat qilish va ishda fast fudlardan voz kechish kerak. Gemorroy va varikoz kasalliklarni oldini olish uchun esa har 30 daqiqada ishda ozroq gimnastika yoki kichik sayr bilan tanaffus qilish yaxshi natija beradi. Yuqori qavatlarga ko‘tarilishda liftdan emas, balki zinadan foydalanish ham foydali”, deydi terapevt.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, agar yuqoridagi kasalliklar alomatlari paydo bo‘lgan bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish lozim. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Isroil Bayrutga zarba berdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgan
Odamlar o‘limiga ko‘proq sabab bo‘layotgan eng xavfli avtomobillar sanaldi
Avstriyada santexnik 30 kilogramm og‘irlikdagi tilla tangalar topib oldi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Raqiblar o‘zbek bokschisidan cho‘chiyapti: “Bokschilarimiz kushandasi”