Foto: Pinterest
Bananni sevib iste’mol qiluvchilar ko‘pincha mevaning tez orada o‘z ta’mini yo‘qotishiga duch keladi. Bu muammo yangi emas va sababi uni noto‘g‘ri saqlashdadir.
E’tibor berish kerak bo‘lgan birinchi narsa — bananlarning ko‘rinishi. Agar meva bir necha kun saqlanishi rejalashtirilgan bo‘lsa, bandi yashil bananlarni tanlash tavsiya etiladi. Sap-sariq va qora dog‘li mevalar tez iste’mol qilish uchun mos keladi.
Bananlarni uzoq vaqt yangidek saqlash uchun ularni salqin joyga qo‘yish kerak. Misol uchun, oshxona javonlari bo‘lishi mumkin. Agar meva butun bandi bilan sotib olingan bo‘lsa, uy bekalari bananning shu qismini folga yoki oziq-ovqat plyonkasi bilan o‘raganidan keyin osilgan holda saqlash tavsiya etiladi.
Sezganingizdek, banan juda tez sarg‘ayadi va asl ko‘rinishini yo‘qotadi. Buning sababi oddiy: banan tarkibida kislorod ta’sirida ko‘plab mikroelementlarga ajraladigan organik birikma — etilen mavjud. Sarg‘ayishning sababi chirish jarayoni bo‘lib, undan keyin mevaning qorayishi kuzatiladi.
Buning oldini olish uchun bir qator oddiy qoidalarga amal qilish kerak. Birinchidan, banan sotib olgandan so‘ng ularni plastik paketdan chiqarish kerak, chunki issiq harorat vaziyatni yanada og‘irlashtiradi. Ikkinchidan, bananlarni boshqa mevalar, ayniqsa, olma bilan birga saqlamaslik zarur, chunki ular tarkibida ham etilen mavjud. Va nihoyat, har bir banan folga yoki oziq-ovqat plyonkasi bilan o‘ralganidan keyin bir-biridan alohida saqlanishi kerak. Aytgancha, salqinlikdan tashqari, banan qorong‘ilikni ham yaxshi ko‘radi, shuning uchun mevalarga quyosh nuri tushmagani ma’qul.
Bundan tashqari, bananlarni muzlatkichda saqlash mumkin emas. Haddan tashqari past harorat tufayli mevalar tez qorayadi. Biroq qobiqning rangiga qaramay, mevaning o‘zi bir necha kun davomida mazali bo‘lib qolishi mumkin. Buni amalga oshirish uchun quyidagilarga rioya qilish kerak: ularni muzlatkichda saqlashda har bir bananni qog‘ozga o‘ralganidan so‘ng eshik yoki meva va sabzavotlarni saqlash uchun maxsus bo‘linmaga qo‘yish mumkin. Bundan tashqari, ko‘plab uy bekalari to‘g‘ralgan mevalarni maxsus idishda saqlashni maslahat beradi. Biroq saqlashdan oldin mevaga limon sharbati sepishni unutmaslik kerak. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor — iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
Jigar uchun eng foydali bo‘lgan 9 ta mahsulot
"Paxtakor"ning o‘yini mutaxassis nigohida: "Menimcha, g‘alaba uchun emas, bir ochkoni saqlab qolish uchun o‘ynadi"
Medvedev: "Tramp Ukraina mojarosiga barham berishi mumkin"