Foto: Grazia
Grazia nashri muzlatkichda saqlanishi tufayli foydali xususiyatlarini yo‘qotishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini taqdim etdi.
Kartoshka
Agar kartoshka muzlatkichda saqlansa, po‘chog‘i qorayadi va yaxshi ko‘rinishini yo‘qotadi. Bundan tashqari, kartoshka kraxmali asta-sekin shakarga aylana boshlaydi — ildiz mevalari shirin bo‘lib, foydali moddalar yo‘q bo‘lib ketadi. Kartoshkani qorong‘i hamda salqin joyda saqlash tavsiya etiladi.
Piyoz
Piyoz esa doimiy ravishda toza havo bilan ta’minlanishi kerak — uni to‘rli qoplarda sotishlari bejiz emas. Uni kartoshka bilan saqlash mumkin emas, sababi ular o‘rtasida reaksiya boshlanadi, bu esa piyozlarning to‘liq yaroqsiz holga kelishiga olib keladi.
Sarimsoq
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sarimsoq erta unib chiqadi va sovuq havoda yomonlashadi. Bundan tashqari, u ham piyoz kabi toza havoga muhtoj. Shuningdek, uni ham boshqa sabzavotlar, ayniqsa mevalar birg saqlamaslik kerak. Aks holda ularning barchasi sarimsoq tufayli ta’mi o‘zgaradi.
Pomidor
Muzlatkichda bu sabzavotlar tezda yumshaydi va foydali xususiyatlarini yo‘qotadi, ularni xona haroratida qorong‘i joyda saqlash yaxshidir.
Avokado
Agar avakadolar tabiiy ravishda pishishini istasangiz, ularni muzlatkichda saqlamaslik kerak, aks holda jarayon sekinlashadi. Biroq, avokado allaqachon kesilgan bo‘lsa, uni muzlatkichga qo‘yish mumkin.
Banan
Xuddi yuqoridagidek banan ham muzlatkichda sekinroq pishadi, lekin ularning po‘sti tez orada jigarrang bo‘ladi.
Asal
Asal insoniyatga ma’lum bo‘lgan birinchi konservantdir va u tabiiy haroratda deyarli abadiy saqlanadi. Qadimgi Misr qabrlarini qazish paytida ham asal topilgan. Ammo u muzlatkichda qoldirilsa, kristallanadi va qattiqlashadi.
Issiq souslar
Souslar sovutilmasligi kerak, ayniqsa sirkaga asoslanganlari. Muzlatkichda ular o‘z ta’mini yo‘qotadi va tarkibini o‘zgartiradi.
Tarvuz
Pishmagan tarvuzni qorong‘i, salqin xonada saqlash mumkin. Shuning uchun u biroz pishib, shirinroq bo‘ladi. Ammo kesilgan tarvuzni muzlatkichga qo‘yish mumkin, u shirinligini saqlaydi va qurib ketmaydi.
Mevalar
Barcha mevalar xona haroratida pishishi kerak. Agar ularni bir necha oy davomida saqlamoqchi bo‘lsangiz, muzlatkichga qo‘yish kerak, lekin ularning ta’mi o‘zgarishi mumkinligini yodda tutish kerak.
Ziravorlar
Ziravorlarni muzlatkichga qo‘yish uchun hech qanday sabab yo‘q. Birinchidan, namlik va sovuq ularning ta’mini zaiflashtiradi. Ikkinchidan, aksariyat ziravorlar yillar davomida xona haroratida saqlanishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Boy davlatlar iqlimni moliyalashtirishni oshirishga rozi bo‘ldi
Ukraina o‘zining ballistik raketasini yaratish ustida ish olib bormoqda
NATO bosh kotibi Donald Tramp bilan uchrashdi
Kunning istalgan vaqtida yeyish mumkin bo‘lgan 5 ta mahsulot
Shavkat Mirziyoyev Yangihayotda barpo etilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida bo‘ldi