09:59 / 25.04.2022
1 795

Soch to‘kilishini qanday to‘xtatish mumkin?

Soch to‘kilishini qanday to‘xtatish mumkin?
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori o‘rinbosari Ilhom Rahimov soch to‘kilishining oldini olish uchun nima qilish kerakligini aytdi.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun, avvalo, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish va to‘g‘ri ovqatlanish zarur. Sochlarning to‘kilish muammosini maxsus shampun, vitamin-mineralli komplekslar va shu kabi qo‘shimcha vositalar yordamida hal qilish ijobiy samara berishini unutmaslik zarur.

Chunki soch parvarishiga taalluqli ba’zi vositalar tarkibida foydali va parvarishlovchi komponentlar mavjud va ular sochlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Zarur bo‘lgan moddalar yetishmovchiligini to‘ldirib, follikulalarning oziqlanishini yaxshilaydi.

Soch parvarishida quyidagilarga amal qilish lozim:
- sochni yuvayotganda suv harorati 35-45 daraja iliq bo‘lishi kerak. Soch qanchalik yog‘li bo‘lsa, suv harorati nisbatan pastroq bo‘lishi zarur;
- shampunni soch turiga qarab tanlash maqsadga muvofiq;
- soch tarashga e’tibor berish zarur. Kalta sochlar ildizidan, uzun sochlar pastki qismidan boshlab taraladi;
- soch quritkichini tez-tez qo‘llash tavsiya etilmaydi. Uni boshdan 40 santimetr uzoqlikda ushlab — “sovuq quritish” lozim.

Rahimov sochni sovun bilan yuvish mumkin emasligini eslatgan. Chunki sovun toladagi suv-lipid qavatini yo‘qotadi va zararlaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Soch to‘kilishini qanday to‘xtatish mumkin?