20:04 / 28.04.2022
2 375

O‘zbekistonda rubl yangi rekordni o‘rnatdi. Buning sabablari nimada va kelgusida nima bo‘ladi?

O‘zbekistonda rubl yangi rekordni o‘rnatdi. Buning sabablari nimada va kelgusida nima bo‘ladi?
Foto: Dreamstime
O‘zbekistonda Rossiya rubli 1,4 so‘mga o‘sib, 152,7 so‘mni tashkil qildi. Bu 2022 yildagi yangi rekorddir. Rossiya valyutasi oxirgi marta 2021 yil oktabrda oyida bunchalik qimmat bo‘lgan edi. Shu bilan birga, boshqa xorijiy valyutalar (dollar, yevro, tenge, funt sterling, yuan va iyena) so‘mga nisbatan arzonlashadi.

Rubl nega oshib bormoqda
«Daryo» suhbatlashgan ekspertlar buning uchta asosiy sababini aytib o‘tishdi.

Birinchidan, Rossiyadan pul chiqib ketishi sezilarli darajada kamaydi, natijada xorijiy valyutaga bo‘lgan talab pasaydi.

Bunga boshqa davlatlarga oyiga 10 000 dollardan ortiq pul o‘tkazmalarini taqiqlanishi, valyuta ayirboshlash uchun brokerlarning majburiy komissiyalari 12 foiz miqdorda qilinishi, fuqarolarga naqd valyuta sotish cheklanishi sabab bo‘ldi.

Ikkinchidan, Rossiya eksportchilarni valyuta tushumining 80 foizini sotishga majbur qildi, bu esa valyutaning kirib kelishiga yordam berdi. Rossiya tovarlari eksporti ancha yuqori darajada saqlanib qoldi.

Uchinchidan, kompaniyalarga qo‘yilgan cheklovlar va ta’minot zanjirlarining buzilishi Rossiyada importni keskin kamaytirdi – chet el valyutasiga kamroq tovarlar sotib olinayotganligi sababli, bu unga talabni kamaytirdi.

Xuddi shunday holat 2020 yilning ikkinchi choragida pandemiya davrida ham kuzatilgan, o‘shanda importning pasayishi rubl kursini barqarorlashtirgan edi.

Keyinchalik nima bo‘ladi?
Mutaxassislar rublning hozirgi mustahkamlanishi sun’iy ekanligini ta’kidlamoqda — sanksiyalar va urush oqibatlarini hisobga olmagan holda ham dunyoda inflyatsiya tezlashmoqda va pul-kredit siyosati keskinlashmoqda. Shu tufayli, Rossiyada valyutaga nisbatan cheklovlar olib tashlanishi bilanoq rubl keskin qulashi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda rubl yangi rekordni o‘rnatdi. Buning sabablari nimada va kelgusida nima bo‘ladi?