
Ijtimoiy tarmoqlarda Prezident Shavkat Mirziyoyevning surati tushirilgan oltin tangalar rasmlari tarqaldi. Markaziy bank bunga munosabat bildirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan yubiley sanalari, tarixiy va zamonaviy davrning muhim voqealariga bag‘ishlangan qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar muomalaga chiqarilib, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar Markaziy bankning rasmiy veb-saytiga joylashtirilib kelinadi.
«Bugungi kunda Markaziy bank tomonidan Prezident shaxsiga bag‘ishlangan qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar yoki banknotlar muomalaga chiqarilmaganini bildiramiz», deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar