Ijtimoiy tarmoqlarda bankomatlardagi naqd pul yetishmayotgani bilan bog‘liq tarqalgan xabarlar yuzasidan Markaziy bank bayonot berdi.
Unda aytilishicha, joriy yilning mart oyi ikkinchi yarmidan boshlangan milliy valyuta – so‘mda naqd pulga bo‘lgan talabning keskin ortishi natijasida Markaziy bank tomonidan muomalaga mart oyida 1 trln. 119 mlrd. so‘m, aprel oyida – 6 trln. 343 mlrd. so‘m, may oyining o‘tgan 11 kunida 1 trln. 100 mlrd. so‘m qo‘shimcha naqd pullar chiqarilgan.
Jumladan, mart-aprel oylarida qo‘shimcha chiqarilgan naqd pullarning 8 trln. so‘mi aholining naqd chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlashga bo‘lgan keskin oshgan talabini (ushbu 2 oylik talab odatdagi 11,1 trln. so‘mdan 19,3 trln. so‘mga yetgan), 4-4,5 trln. so‘mi bank kartalaridagi mablag‘larni naqdlashtirishga bo‘lgan qo‘shimcha talabni (17 trln. so‘mdan 22 trln. so‘mga yetgan) qondirishga yo‘naltirildi.
Mavsumiy iqtisodiy faollikning ortishi sababli 2021 yilning mart-may oylarida Markaziy bank tomonidan muomalaga qo‘shimcha ravishda 2,5 trln. so‘m naqd pul chiqarilgan bo‘lsa, joriy yilning mart-aprel oylarining o‘zida (may oyini hisobga olmaganda) bu ko‘rsatkich 3 barobarga oshgan.
«Markaziy bank tomonidan joylardagi banklar filiallari va bankomatlarni naqd pul bilan ta’minlash borasida tegishli ishlar amalga oshirilmoqda va aholining naqd pulga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish uchun barcha imkoniyat va zaxiralari mavjud.
Yuzaga kelayotgan qisqa muddatli uzilishlar naqd pullarni joylarga yetkazib berish, ya’ni logistikasi va bankomatlarga joylashtirish bilan bog‘liq ekanligini hamda mazkur masala Markaziy bank tomonidan nazoratga olinganligini ma’lum qilamiz» deyiladi bayonotda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi