
Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 1 iyunda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 25,09 so‘mga pastlab, 10 985,79 so‘mni tashkil qildi. Yevro 74,25 so‘mga tushib, 11 780,06 so‘m bo‘ldi. Rubl 4,17 so‘mga oshib, 179,43 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank
Bundan avval dollar kursi ketma-ket olti kun pastlab, 11 010,88 so‘mni tashkil qilgandi. Ushbu valyuta kursi 15 martdan buyon 11 ming so‘mdan yuqori bo‘lib kelayotgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar