Foto: Hellenic Shipping News
Pokistonning Karachi porti ilk bor eksport uchun O‘zbekistondan tranzit yuk jo‘natdi. Avval yuk quruqlikdagi transport orqali Karachi portiga yetkazilib, so‘ngra Hindistonga yo‘l olgan.
Telegram’dagi «Nigoh» kanalining yozishicha, port uchun bu «muhim bosqich» va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish ramziga aylangan. Boshqa davlatlar ham portdan foydalanib Pokiston orqali Markaziy Osiyoga yuklarni yetkazib berishi kutilmoqda.
Tovar bilan Pokistonning IInternational Container Terminal Services xalqaro konteyner terminali shug‘ullangan. Biroq aynan qanday tovar yetkazib berilganiga aniqlik kiritilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning noyabr oyida Pokiston O‘zbekiston tranziti uchun bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirgan edi — yuk mashinalari kirish to‘lovi bo‘yicha depozit to‘lamasdan mamlakatga kirishi mumkin. 2022 yilning mart oyida esa Hindiston ilk bor O‘zbekistonga tijorat yukini Pokiston va Afg‘oniston orqali tranzit qilib jo‘natgan edi. Undan oldin esa Pokiston O‘zbekistonga mol go‘shti yetkazib berishni boshlagandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi