Markaziy bank milliy valyuta — so‘m ramzini ishlab chiqish bo‘yicha ikki bosqichda o‘tkazilgan tanlov natijalarini e’lon qildi.
Saralash bosqichi tanlov tashkiliy qo‘mitasi tomonidan o‘tkazildi va quyidagilarni o‘z ichiga oldi:
Dastlabki saralash – har bir tanlov loyihasini texnik talablarga muvofiqligini ko‘rib chiqish.
Natijada 508 ta ijodiy loyiha tanlab olindi va ularning har biriga maxfiylikni ta’minlash maqsadida individual shifr raqamlari berildi.
Texnik ekspertiza – shifrlangan ijodiy loyihalar tanlov mezonlariga muvofiqligi bo‘yicha tekshirildi. 54 ta shifrlangan ijodiy loyihalar esa tanlov hakamlar hay’atiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etildi.
Tanlovning yakuniy bosqichida shifrlangan loyihalar Markaziy bank, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda Intellektual mulk agentligi vakillari tomonidan baholandi.
Hakamlar hay’ati a’zolari tanlov ishlarini quyidagi mezonlarga muvofiq baholadi:
- o‘ziga xoslik (unikal) va originallik;
- universallik;
- oson tanib olinishi;
- ramziy va farqli jihatlari;
- so‘m ramzining turli formatlarda grafik qo‘llanilishining qulayligi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, hay’at tomonidan O‘zbekiston milliy valyutasi – so‘mning o‘ziga xos timsolini yorqin ifoda etgan eng kreativ loyiha sifatida Jumagaldiyev Sarvar tomonidan ishlab chiqilgan grafik belgi tanlab olindi.
Foto: Markaziy bank
Keng jamoatchilikni pul birligi ramzini yaratishga jalb qilish maqsadida Markaziy bank tomonidan Milliy valyuta — so‘m ramzini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov joriy yilning 8 fevralidan 31 martiga qadar o‘tkazildi. Joriy yilning 1 aprel holatiga milliy valyuta ramzini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovga yuborilgan arizalarning umumiy soni 17 mingdan ortiqni tashkil etdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi