10—14 iyunda O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida o‘tkazilgan ochiq birja savdolari natijalariga ko‘ra, shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 14 million 554,5 ming so‘mdan 10 million 754,9 ming so‘mgacha, ya’ni 26,1 foizga pasaydi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda birja savdolariga jami 6 004 tonna shakar qo‘yilgan bo‘lib, ulardan barchasi sotilgan. Bunda, birja savdolari orqali «Xorazm shakar» MCHJ tomonidan 3 ming tonna va «Angren shakar» MCHJ tomonidan 3 ming 4 tonna shakar sotilgan.
Ta’kidlanishicha, shakarni birjada xarid qilishda talab darajasidan kelib chiqqan holda, hududlar o‘rtasida mutanosib taqsimot shakllanmoqda.
Oxirgi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda shakar narxi bilan bog‘liq turli videolar tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. AOKAda 10 iyun kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Ulug‘bek Davlatov jahonda kuzatilayotgan geosiyosiy vaziyat sabab logistika xizmatlari narxlari oshishi shakar narxiga ham ta’sir qilayotganini aytgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...