997
O‘zbekistonlik haydovchilar ilk marotaba Afg‘oniston orqali Pokistonga yuk tashuvlarini amalga oshirdi
Foto: Transport vazirligi axborot xizmati
Joriy yilning 26-27 mart kunlari Termizda O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokistonning yirik transport-logistika kompaniyalari, Xalqaro avtomobil tashuvchilari uyushmasi hamda transport va bojxona idoralari vakillari ishtirokida transport masalalari bo‘yicha uch tomonlama ishchi guruhi uchrashuvi tashkil etildi.
Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston davlatlari hududi bo‘ylab avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni hal etish masalalari yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi belgilab olingan.
Bildirilishicha, uch tomonlama sa’y-harakatlar natijasida bugun ushbu transport koridori to‘laqonli faoliyat yuritishi, yuklar qisqa fursatda, xavfsiz ravishda belgilangan manziliga yetkazilishi ta’minlanmoqda.
Vazirlik xabarida aytilishicha, o‘zbekistonlik haydovchilar ilk marotaba O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston yo‘nalishi bo‘ylab yuk tashuvlarini muvaffaqiyatli bajardi.
Toshkent – Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshavor – Karachi yo‘nalishi bo‘ylab 2760 kilometr yo‘lni bosib o‘tgan o‘zbekistonlik haydovchilar Karachi portidan ortilgan yukni (muzlatilgan go‘sht) bir haftada Toshkentga yetkazib keldi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda bir necha yildan buyon tashqi savdoda tovar yetkazib berishning janubiy yo‘nalishlari rolini oshirish choralari ko‘rilmoqda. Respublika uchun bu dengizga tezroq va arzonroq chiqish hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar