Aprel oyidan O‘zbekiston Qirg‘izistondan qishloq xo‘jaligi hayvonlarini rekord darajada import qilishni boshladi. Bu haqda «Akchabar» xabar bermoqda.
Umuman, yil boshidan buyon Qirg‘izistondan 8919 bosh qoramol olib kelingan. Bu 2021 yilning yanvar—aprel oylariga nisbatan 30 barobar ko‘pdir.
May oyida mamlakatdan qoramol importi o‘tgan yilga nisbatan 143 barobarga ko‘paydi — joriy yilda qo‘y-echki 647 boshdan 92,3 ming boshga yetdi.
Umuman olganda, so‘nggi besh yil ichida respublikadan rekord miqdorda chorva mollari import qilinmoqda.
Hozir Qirg‘izistonda go‘shtni eksport qilish taqiqlangan, lekin tirik qoramol olib chiqish taqiqlanmagan.
O‘zbekistonda go‘sht narxining o‘zgarib borayotgani esa mavsumiy xarakterga ega. Iyul, avgust, sentabr va oktabr oylarida ularning narxida eng yuqori o‘sish sur’atlari qayd etiladi.
Go‘sht narxining o‘zgarish dinamikasi fevral oyining oxiri, mart va aprel oylaridagi yog‘in miqdori va bu oylardagi havo harorati bilan uzviy bog‘liq.
Yaylovlarda chorva mollari iste’mol qiladigan o‘simliklarning erta bahorda unib chiqishi, o‘sishi va yetilishidagi asosiy omil ham shu. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar