
O‘zbekiston eksportidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 1,05 mlrd dollar.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
Rossiya – 939,4 mln AQSH dollari;
Turkiya – 741,4 mln AQSH dollari;
Qozog‘iston – 489 mln AQSH dollari;
Qirg‘iziston – 354 mln AQSH dollari;
Afg‘oniston – 307 mln AQSH dollari;
Tojikiston – 171 mln AQSH dollari;
Kanada – 71 mln AQSH dollari;
Eron – 69 mln AQSH dollari;
Turkmaniston – 63 mln AQSH dollari. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar