1 708
O‘zbekiston sanksiya ostidagi tovarlar uchun tranzit davlatlar ro‘yxatiga kiritildi
Foto: Picture Alliance
AQSH Moliya vazirligi O‘zbekistonni sanksiya qo‘yilgan tovarlar Rossiya va Belarusga olib kirilishi mumkin bo‘lgan davlatlar qatoriga kiritdi.
Ro‘yxat AQSH Moliya vazirligining ikki bo‘limi – Moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurash tarmog‘i (FinCEN) va Sanoat va xavfsizlik byurosi (BIS) tavsiyalari asosida e’lon qilingan.
Idoralar moliya institutlarini Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan joriy qilingan eksport nazoratidan «jismoniy yoki yuridik shaxslarning qochishga urinishlariga qarshi hushyor turishga» chaqirdi.
O‘zbekistondan tashqari, Gruziya, Armaniston, Braziliya, Xitoy, Hindiston, Isroil, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Meksika, Nikaragua, Serbiya, Singapur, Janubiy Afrika, Tayvan, Tojikiston, Turkiya va BAA davlatlari ham sanksiya qo‘yilgan tovarlarni tranzit qilib o‘tkazishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Qayd etilishicha, nazorat qilinadigan tovarlar qonuniy ravishda ushbu davlatlarga xomashyo sifatida eksport qilinishi mumkin, biroq ularni keyinchalik Rossiya Federatsiyasi yoki Belarusga «qo‘shimcha yuk tashish punktlari hisobidan» eksport qilish ayrim hollarda taqiqlanadi.
BIS harbiy maqsadlarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan alohida «tashvishga sabab bo‘luvchi» tovarlar sanab o‘tgan: samolyotlar uchun ehtiyot qismlari, gidroakustika tizimlari, antennalar, spektrofotometrlar, sinov uskunalari, GPS tizimlari, vakuum nasoslari va neft konlarida foydalaniladigan uskunalar.
Avvalroq AQSH Rossiya Federatsiyasi harbiy-sanoat kompleksini qo‘llab-quvvatlagan O‘zbekiston kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar joriy etgani haqida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi