00:00 / 22.07.2022
1 424

Markaziy bank asosiy stavkani 15 foizgacha pasaytirdi — sabablar, oqibatlar, o‘zgarishlar

Markaziy bank asosiy stavkani 15 foizgacha pasaytirdi — sabablar, oqibatlar, o‘zgarishlar
Markaziy bank asosiy stavkani 1 foizga pasaytirib, 15 foiz etib belgilangani haqida xabar berilgandi. Buning ahamiyati nimada va O‘zbekiston hayoti qanchalik o‘zgarishi — «Daryo» sharhida.

Asosiy stavka o‘zi nima va uning ta’siri qanday?
Markaziy bank asosiy stavkasi O‘zbekiston hayotiga jiddiy ta’sir qiladi. Mazkur stavkaga mamlakatdagi qolgan barcha stavkalar (omonatlar, kreditlar va boshqalar) bog‘liqdir.

Stavka talab va taklifni o‘zgartiradi, ular esa, o‘z navbatida, aholi va biznes qarorlarini. Bularning barchasi esa narxlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Asosiy stavka nega pasaytirildi va endi nimalar o‘zgaradi?
Asosiy stavka Markaziy bankning mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatishiga imkon beruvchi vositalardan biridir.

U inflyatsion kutilmalar hamda kelgusi oylarda narxlar va iqtisodiy ko‘rsatkichlarning kutilayotgan vaziyatidan kelib chiqib pasaytirildi.

Markaziy bankning asosiy vazifasi — bozorning barcha ishtirokchilari va barcha jarayonlar (inflyatsiya, iqtisodiy faollik va moliyaviy barqarorlik) o‘rtasida muvozanatni topishdir.

Stavkani pasaytirishdan maqsad mamlakat iqtisodiyotini arzon pul bilan to‘ldirish, bu esa ishlab chiqarishni rivojlantirish, kompaniyalarning soliq imtiyozlarini oshirish, davlatning yirik loyihalarga ko‘proq mablag‘ sarflashga imkon beradi.

Stavkani pasayishi aholining xarid qobiliyatining oshishidan dalolat beradi.

Odamlar tejashni to‘xtatib, ko‘proq xarajat qilishni boshlaydi, bu esa iqtisodiyotni rivojlantirishga imkon beradi. Ammo bu chora inflyatsiyaning tezlashishiga ham olib kelishi mumkin:

asosiy stavkani pasaytirish → arzon kreditlar + past omonat stavkalari → aholi xarajatlarini oshiradi + tejashga intilmaydi → inflyatsiya tezlashadi.

Asosiy stavkani pasaytirish oqibatlari
Asosiy stavkani o‘zgarishi birinchi navbatda kreditlar va omonatlarga ta’sir qiladi. Birinchisi arzonlashadi, ikkinchisi qimmatlashadi.

Banklarning asosiy stavkadagi o‘zgarishlarga javob berish muddati bir kundan bir oygacha bo‘lishi mumkin.

Asosiy stavka pasaytirilgandan so‘ng kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining pasayishini kutish mumkin.

Misol uchun, may oyida aholiga ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari 23,5 foiz edi. Iyun oyida asosiy stavka pasaytirilgandan keyin bu ko‘rsatkich 23,3 foizga tushdi.

Tadbirkorlarga ajratilgan kreditlar ham 0,3 foizga pasayib, 22,4 foiz bo‘ldi. Yaqin oylarda har ikkala kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari 1 foizga kamayishi kutilmoqda.

Asosiy stavkaning o‘zgarishi banklardagi omonatlar bo‘yicha foizlarga ham ta’sir qiladi. Agar u pasaysa, omonatlar bo‘yicha ham foizlar tushadi.

Biroq bu barcha kreditlar taalluqli emas. Masalan, oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun kredit ajratish tartibiga muvofiq, ta’lim krediti banklar tomonidan kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.

Bunda asosiy stavka pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoladi.

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov ham asosiy o‘zgarish tijoriy kreditlarga ta’siri shartnomada belgilangan shartlar asosida bo‘lishini aytgan edi.

- Banklar va mijozlar o‘rtasida tuzilgan o‘zgaruvchan foiz stavkali, xususan, Markaziy bank asosiy stavkasiga bog‘langan holda tuzilgan foiz stavkalari shartnomalarga ta’siri esa ushbu shartnomada kelishilgan shartlar yoki kredit ajratish bo‘yicha tegishli nizom talablariga muvofiq bo‘ladi, — degan edi u.

Umuman olganda asosiy stavkaning pasayishi ko‘proq ijobiy holat hisoblanadi — bu mamlakat murakkab davrni muvaffaqiyatli yengib o‘tayotganini anglatadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank asosiy stavkani 15 foizgacha pasaytirdi — sabablar, oqibatlar, o‘zgarishlar