
Qonun (O‘RQ-785-son, 26.07.2022 y.) bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgani haqida xabar berilgandi.
Soliq kodeksida quyidagi imtiyozlar belgilandi:
Chakana savdo, umumiy ovqatlanish, mehmonxona, yo‘lovchi va yuk tashish, avtotransportlarni ta’mirlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, kompyuter xizmatlarini, maishiy texnikani ta’mirlash, agro va veterinariya xizmatlari ko‘rsatuvchi, ko‘ngilochar joylarda xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar – 2022 yil 1 apreldan 2025 yil 1 yanvargacha ijtimoiy soliqni 1 foiz to‘laydi;
Tadbirkorlar 2022 yil 1 yanvardan 2027 yil 1 yanvargacha maydoni 5 ming kv/m dan ko‘p savdo komplekslari va mehmonxonalar, ular egallagan yerlar bo‘yicha quyidagilarga haqli:
- mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha stavkalarga nisbatan 0,1 koeffitsiyentni qo‘llashga;
- foyda solig‘ini hisoblashda 2 yillik mazkur binolarning qiymatini amortizatsiya tarzida chegirib tashlanadigan xarajatlarga kiritishga.
Xo‘jaliklarda baliq yetishtirishni kooperatsiya asosida yo‘lga qo‘ygan soliq to‘lovchilar 2025 yil 1 yanvargacha barcha soliqlardan (QQS va ijtimoiy soliq mustasno) ozod qilinadi.
Charm, mo‘yna xom ashyosi va junni qayta tayyorlash, qoramolni avtomatlashtirilgan tarzda so‘yish, jun, qorako‘l va sun’iy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar 2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvargacha foyda, aylanmadan olinadigan va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar