2022 yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonga import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari hajmi 1,6 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Oziq-ovqat importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 35,8 foizga yoki 427 mln dollarga oshdi.
O‘zbekiston yarim yilda eng ko‘p bug‘doy sotib oldi — 375,4 mln dollarlik. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 300,4 mln dollarni tashkil qilgan edi.
Ikkinchi o‘rinda 185,3 mln dollar bilan shakarqamish qayd etilgan. Ushbu mahsulotning deyarli barchasi Braziliyadan keltiriladi.
2022 yilning birinchi yarmida eng ko‘p import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari
Foto: ‘‘Stat.uz’’
Margarin mahsulotlari importi qariyb 6 barobarga oshdi va uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Yanvar—iyun oylarida 155,7 mln dollarlik margarin sotib olingan.
Bundan tashqari olma importi 6 barobarga ko‘payib, 10,2 mln dollarni tashkil qilgan. Yirik shoxli qoramol go‘shti, mandarin va arpa importi ham ikki barobarga oshgan.
Eng ko‘p import qilingan 19 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining hajmi yarim yilda 2021 yilning mos davriga nisbatan ko‘paygan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Shahram G‘iyosovning Eymantas Stanionisga qarshi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonda 1 dekabrdan uy-joyni ta’mirlash uchun kreditga arizalar qabul qilinadi
Rossiya Federatsiyasi sobiq ofitseri: Yadro quroli to‘liq jangovar tayyor holatda saqlanyapti