00:02 / 02.08.2022
1 561

O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarda inflyatsiya darajasi qanday?

O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarda inflyatsiya darajasi qanday?
Foto: Bloomberg
O‘zbekistonda iyul oyida 0,1 foizlik deflyatsiya qayd etilgani haqida xabar berilgan edi. Yil boshidan buyon inflyatsiya 6,4​​ foizni, yillik nisbatda esa 12,3 foizni tashkil etdi. Iyun oyida inflyatsiya 0,9 foiz edi.

Inflyatsiya tovarlar va xizmatlar narxi ko‘tarilganda deflyatsiya esa bu narxlar pasayganda sodir bo‘ladi.

«Daryo» boshqa mamlakatlarda inflyatsiya bilan bog‘liq vaziyat qandayligini aniqladi. Bunda mamlakatlarning Markaziy banki qaydlaridan foydalanildi.

Markaziy Osiyo mamlakatlarida yillik inflyatsiya ko‘rsatkichi:
  • Qirg‘iziston — 13,1 foiz;
  • Qozog‘iston — 15 foiz;
  • Tojikiston — 8,3 foiz.

Turkiyada yillik inflyatsiya ko‘rsatkichi 78,6 foizgacha ko‘tarilgan. Inflyatsiyaning bu darajada ko‘tarilib ketishiga Turkiya Markaziy bankining pul-kredit siyosati va 1 yildan oshiq vaqt ichida foiz stavkani oshirmagani sabab bo‘lmoqda.

Iyun oyidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada inflyatsiya darajasi 15,9 foizga yetgan.

Federal rezerv ma’lumotlariga qaraganda AQSHda inflyatsiya darajasi esa 9,1 foizni tashkil etgan.

Janubiy Koreyadagi inflyatsiya darajasi 24 yildan buyon eng yuqori darajaga chiqqan — 6 foiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarda inflyatsiya darajasi qanday?