15:30 / 16.09.2022
1 656

Vladimir Putin: Rossiyaga nisbatan kamsituvchi sanksiyalardan voz kechilishi lozim

Vladimir Putin: Rossiyaga nisbatan kamsituvchi sanksiyalardan voz kechilishi lozim
Foto: Prezident matbuot xizmati
SHHT sammitida ishtirok etayotgan Rossiya prezidenti sanksiyalar yechilsa, rivojlanayotgan davlatlarga ma’lum miqdorda mineral o‘g‘itlarni bepul berishga tayyorligini bildirdi.

Afsuski so‘nggi paytlarda ayrim davlatlar, xususan Yevropa ittifoqining Rossiyaga nisbatan mantiqsiz sanksiyalari davom etmoqda. Bizga nisbatan kamsituvchi sanksiyalardan voz kechilishi lozim.

Men so‘zim isboti sifatida bir misol keltirmoqchiman. Bilamizki, Rossiya mineral o‘g‘itlarning yirik eksportyori hisoblanadi. Sanksiyalar kiritgan Yevropa ittifoq bu mahsulotlarga nisbatan sanksiyalarni bekor qilganini bildirdi. Mineral o‘g‘itlar qanchalik muhimligini yaxshi bilamiz. Biz bu qarorni qo‘llab-quvvatlaymiz albatta. Lekin hujjat bilan tanishsak g‘alati jihat ma’lum bo‘lmoqda – mineral o‘g‘itlarga nisbatan sanksiya faqat Yevropa ittifoqiga yetkazib berish uchun yechilgan ekan. Xo‘sh, rivojlanayotgan davlatlar nima qilishsin?

Men SHHT imkoniyatlaridan foydalanib BMTga bu masala yechimi bo‘yicha murojaat qilmoqchiman, bosh kotib bilan ham gaplashdim. Ayni paytda katta miqdorda mahsulotimiz to‘planib turibdi. Agar sanksiyalar to‘laqonli yechilsa, biz rivojlanayotgan va muhtoj davlatlarga ma’lum miqdorda mineral o‘g‘itlarni bepul yetkazib berishga tayyormiz
”, – dedi Rossiya prezidenti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Vladimir Putin: Rossiyaga nisbatan kamsituvchi sanksiyalardan voz kechilishi lozim