
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida elektrotexnika sanoatidagi istiqbolli yo‘nalishlar hamda kelgusidagi asosiy vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda misni chuqur qayta ishlash yo‘nalishida mutasaddilarga yil yakuniga qadar har oyda qo‘shimcha 1 ming tonnadan misni birjaga chiqarish, 2023 yilda 90 ming tonnaga yetkazish vazifasi topshirildi.
Shuningdek:
- Ohangaron va Qarshida mis klasteri faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish;
- Qorao‘zakdagi 140 million dollarlik mis ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlarini boshlash, yil yakuniga qadar loyihalashtirish ishlarini yakunlash;
- transport xarajatlari subsidiya qilinadigan ro‘yxatga mis trubkasi va fitinglarini kiritish topshirildi.
«O‘zeltexsanoat» uyushmasi oldiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda yil yakuniga qadar maishiy texnika bo‘yicha 1 ta, kelgusi yilda muqobil energetika, yuqori kuchlanish uskunalari va yangi avlod kabel mahsulotlari bo‘yicha 1 tadan «Izlanish va rivojlanish» (RnD) markazlarini ochish vazifasi qo‘yildi.
Yig‘ilish yakunida tarmoq va hududlar rahbarlarining hisoboti eshitildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar