Adidas 2016 yil uchun daromad prognozini oshirdi

Sport mahsulotlari, liboslar va oyoq kiyimlari ishlab chiqaruvchi Adidas kompaniyasi birinchi chorak daromadining 38 foizga ko‘tarilgani to‘g‘risidagi xabardan so‘ng yillik daromad prognozini yana ko‘tardi. Bu haqda "Kun.uz" xabar berdi.
Adidas bugun, 27 aprel kuni 2016 yilgi savdo ko‘rsatkichi, valyuta o‘zgaruvchanligini hisobga olgan holda, 15 foizga ko‘tarilishini kutayotganini ma’lum qildi. Avvalgi prognozga ko‘ra, o‘sish 10 foizdan 12 foizgacha bo‘lishi aytilgandi.
Kompaniya davom etayotgan amaliyotlardan ushbu yilda sof foyda 15-18 foizga o‘sishini kutmoqda. Avvalgi prognozda bu ko‘rsatkich 10-12 foiz edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing