1 460
«O‘zbekistonning Vengriya bilan yaqinlashuvi zamirida ko‘proq iqtisodiy va geoiqtisodiy loyihalar turadi» — siyosatshunos
Foto: Facebook / Kamoliddin Rabbimov
O‘zbekistonning Vengriya bilan yaqinlashuvi zamirida ko‘proq iqtisodiy va geoiqtisodiy loyihalar turadi. Bu haqda siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov Telegram’dagi kanalida fikr bildirdi.
Kamoliddin Rabbimovning yozishicha, ikki mamlakat hamkorligi negizida geosiyosat va geomafkura masalalari mavjud emas.
«O‘zbekiston prezidentining Vengriyaga tashrifi, adashmasam, ikki yil oldin rejalashtirilgan edi. Vengriya Turk davlatlar tashkiloti kuzatuvchisi. Bu tashkilotga O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon a’zo, Turkmaniston va Vengriya – kuzatuvchi. Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning Yevropa Ittifoqidagi reputatsiyasi ancha ziddiyatli.
Lekin O‘zbekistonning Vengriya bilan yaqinlashuvi zamirida ko‘proq iqtisodiy va geoiqtisodiy loyihalar turadi, geosiyosat va geomafkura emas. Vengriya aholisi 10 millionga yaqin. Iqtisodiyoti ancha tez o‘smoqda.
Vengriya o‘zining tarixini xunlar bilan, Atilla bilan bog‘laydi. Genezisini «turkiy» deb biladi, lekin Yevropa xalqlari bilan ancha kuchli aralashganini tan oladi. Vengrlar – xristian. Lekin boshqa xristianlar, ayniqsa, katoliklar ularni tarixan unchalik yaxshi ko‘rmasligini yaxshi bilishadi. Turk davlatlar tashkilotida Orban muttasil ishtirok etib keladi», – deb yozgan siyosatshunos.
Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriyaga jo‘nab ketgani xabar qilingandi. Qayd etilganidek, tashrif dasturida Budapesht shahrida Vengriya prezidenti Katalina Novak bilan uchrashuv va bosh vazir Viktor Orban bilan muzokaralar rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»