
O‘zbekistonda pul o‘tkazmalari 2022 yilning 9 oyida 2,2 barobarga oshib, 12,6 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu haqda «Daryo»ga Markaziy bank hisobotidan ma’lum bo‘ldi.
2022 yilning dastlabki 6 oyida O‘zbekistonga 6,54 mlrd dollarlik pul o‘tkazmalari kelib tushgan edi. O‘sha paytda ham o‘sish ko‘rsatkichi 2,2 barobar bo‘lgan edi.
Uchinchi chorakning o‘zida pul o‘tkazmalari deyarli avvalgi ikki chorakning ko‘rsatkichi bilan bir xil bo‘ldi — 6 mlrd dollar.
- Tashqi vaziyat va savdo hamkorlardagi o‘zgarishlarga tashqi iqtisodiy munosabatlarning moslashib borishi hisobiga mamlakatimizga valyuta oqimlari hajmida ijobiy tendensiyalar kuzatilmoqda, — deyiladi markaziy bank xabarida.
Shuningdek, aholining banklardan valyuta xaridi va sotuvi o‘rtasidagi ijobiy tafovut — 2,5 mlrd dollarni tashkil etdi.
Pul O‘tkazmalariO‘zbekiston RespublikasiMarkaziy BankSavdo HamkorlarIqtisodiy MunosabatlarValyuta Oqimlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing