Foto: cointribune.com
O‘zbekistonda birdaniga ikkita kripto-do‘kon ochiladi. Crypto Trade NET va Crypto Market kompaniyalari o‘z faoliyati uchun litsenziya oldi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “Crypto Trade NET” MCHJ va “Crypto Market” MCHJga kripto-aktivlarni sotish faoliyatini amalga oshirishi uchun litsenziya berdi.
«O‘zbekiston kripto-aktivlar muomalasini tartibga solish bo‘yicha yaxshi shakllangan qonunchilik bazasiga ega dunyodagi sanoqli davlatlardan biri hisoblanadi. Ushbu ikki kompaniya MDH va Markaziy Osiyodagi birinchi kripto-do‘konga aylandi», — deyiladi agentlik matbuot xizmati xabarida.
2022 yilning 31 oktabridan kuchga kirgan qoidalarga ko‘ra, kripto-do‘kon mijozlarga elektron platforma yoki savdo obyektiga (oflayn) kirishni ta’minlash orqali kripto-aktivlarni sotib olish/sotish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshiradi.
Elektron platformada O‘zbekiston fuqarolari kripto-aktivlarni so‘mga, chet elliklar esa xorijiy valyutaga sotib olishi yoki sotishi mumkin. To‘lovlar bank o‘tkazmalari orqali amalga oshiriladi.
Oflayn formatda naqd to‘lovlar ham mumkin. Bunda kripto-aktivlarni milliy va xorijiy valyutada sotib olish, ammo ularni faqat so‘mga sotish mumkin.
Kripto-do‘kon operatorlari barcha mijozlarni identifikatsiya qilishi shart.
Kriptodo‘konlarga majburiy identifikatsiyadan o‘tmagan mijozlar, voyaga yetmaganlar, terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etgan yoki ishtirok etishda gumon qilinganlar, O‘zbekiston fuqarolari tomonidan chiqarilgan kripto-aktivlar, anonim kripto-aktivlar, shuningdek, o‘zgarmas tokenlar bilan ishlash taqiqlangan.
2021 yilda O‘zbekistonda kripto-aktivlarni birjada sotib olishga ruxsat berilgan. Kun.uz Loyihalar boshqaruvi milliy agentligi mutaxassisidan kripto-aktivlar borasida muhim savollarga javob olgandi.
Avvalroq Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti O‘zbekiston maxsus xizmatlari uchun kriptovalyuta va darknet bo‘yicha o‘quv kurslarini boshlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda anonim kriptovalyuta mayning qilish, shu jumladan, jismoniy shaxslarning kriptovalyuta mayning qilishi qonun bilan taqiqlangan.
Mayning bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar yagona energetika tizimidan foydalansa, elektr energiyasi uchun to‘lovni ikki baravar oshirib to‘lashi shart. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi