09:30 / 01.12.2022
1 162

Misr O‘zbekiston uzumi va gilosi uchun mamlakat bozorini ochish jarayonini yakunladi

Misr O‘zbekiston uzumi va gilosi uchun mamlakat bozorini ochish jarayonini yakunladi
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Misr Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya vazirligi ishchi guruhi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo».

Tomonlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi, o‘simliklar karantini, veterinariya, paxtachilik, urug‘chilik bo‘yicha ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar olib borish masalalarini muhokama qildi.

Misr tomoni O‘zbekistonda yetishtirilgan uzum va gilos mahsulotlari uchun mamlakat bozorini ochish jarayonlari yakunlanganini ma’lum qildi. Tegishli ruxsatnoma O‘zbekiston tomoniga yaqin kunlarda taqdim etiladi. Anor, olma, olxo‘ri va boshqa mevalar texnik ma’lumotlari ko‘rib chiqilmoqda.

Yig‘ilishda paxtachilik, urug‘chilik va veterinariya yo‘nalishlarida O‘zbekiston hamda Misr mutaxassislari tajribasi e’tirof etildi. Tomonlar bilim va ko‘nikmalar almashuvini yo‘lga qo‘yish, tadqiqot va izlanishlar olib borish ikki davlat manfaatlariga xizmat qilishini tasdiqladi.

Tadbir natijasida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda Misr qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, treninglar, o‘quv kurslari, konferensiya va forumlar tashkil etishga kelishib olindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Misr O‘zbekiston uzumi va gilosi uchun mamlakat bozorini ochish jarayonini yakunladi