13:30 / 01.12.2022
1 557

Naqd valyuta mablag‘larini olib kirish va olib chiqishning yangi qoidalari belgilanadi

Naqd valyuta mablag‘larini olib kirish va olib chiqishning yangi qoidalari belgilanadi
Vazirlar Mahkamasining “Hukumat ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 70 000 000 (yetmish million) so‘m ekvivalentidan ortiq miqdordagi naqd valyuta yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va bojxona organi xodimiga taqdim etish yo‘li bilan bojxona nazoratidan o‘tkazilishi tartibi belgilangan.

Ushbu tartibga kiritilayotgan o‘zgartirishda deklaratsiyalash miqdorini 100 000 000 (yuz million) so‘m ekvivalentidan ortiq miqdorda etib belgilanmoqda.

Jismoniy shaxslar tomonidan deklaratsiya to‘ldirish talab etiladigan belgilangan summadan ortiq miqdordagi naqd valyuta mablag‘lari deklaratsiyalanmagan holda taqdim etilganda, bojxona organlari xodimlari tomonidan jismoniy shaxslarga deklaratsiya to‘ldirish qoidalari tushuntirilishi tartibi joriy etilmoqda.

Bildirilishicha, loyiha qabul qilinishi orqali valyuta olib kirish va olib chiqish bilan bog‘liq munosabatlar tartibga solinishi, tadbirkorlik subyektlariga qulayliklar yaratilishi hamda davlat budjeti mablag‘lari iqtisod qilinishi ta’minlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Naqd valyuta mablag‘larini olib kirish va olib chiqishning yangi qoidalari belgilanadi