09:25 / 09.12.2022
1 312

Elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi

Elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi
Markaziy bank boshqaruvining “Markaziy bank banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi 29-moddasiga ko‘ra, banklar o‘z filiali yoki bank xizmatlari ofisini ochganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida Markaziy bankka belgilangan tartibda xabarnoma yuborishi shart bo‘lib, bank filialini alohida ro‘yxatga olish yoki boshqacha usulda ruxsat berish amaliyoti bekor qilingani sababli nizom 14-bandiga tegishli o‘zgartirish kiritilmoqda.

“Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi qonun 8-moddasiga ko‘ra, Axborot texnologiyalari vazirligi, ya’ni vakolatli davlat organi elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarini akkreditatsiya qilishni va qayta akkreditatsiya qilishni amalga oshiradi. Qonunga muvofiqlashtirish maqsadida elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazi endilikda vakolatli davlat organi tomonidan akkreditatsiya qilinishi nazarda tutilmoqda.

“To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonun 21-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan banklararo to‘lov va kliring tizimlari ishlashi qoidalarini belgilash vakolatidan foydalanib, Markaziy bank kliring tamoyili asosida ishlovchi to‘lov tizimlarida amalga oshirilgan tranzaksiya bo‘yicha yakuniy hisob-kitobni amalga oshirish maqsadida ushbu to‘lov tizimlaridan qabul qilib olingan ma’lumotlar asosida banklar vakillik hisobvaraqlaridan tegishli summalar hisobdan chiqarilganda, vakillik hisobvarag‘ida mablag‘ yetarli bo‘lmagan hollarda shu vakillik hisobvarag‘ida salbiy qoldiq shakllanishi va bu kabi kamchilikka yo‘l qo‘ygan banklar tomonidan salbiy qoldiq summasi uchun foiz to‘lanishi bilan bog‘liq bir qator normalar va bunday banklar boshqa to‘lov tizimlaridagi ishtiroklari cheklanishi bo‘yicha Markaziy bank tomonidan ko‘rsatma yuborilishi to‘g‘risidagi norma kiritilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi