
Foto: Shutterstock
2022 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu davlatdan 5,8 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib olingan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan 5,5 mlrd dollarlik mahsulot olib kelingan Rossiya va 2,9 mlrd dollarlik tovarlar xarid qilingan Qozog‘iston joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
Koreya – 2,1 mlrd;
Turkiya – 1,5 mlrd;
Germaniya – 856,5 mln;
Turkmaniston – 674,3 mln;
Hindiston – 595 mln;
Braziliya – 500 mln;
BAA – 378 mln AQSH dollari. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar