13:45 / 09.01.2023
178

O‘zbekiston 30 foiz elektr energiyasini qayta tiklanadigan manbalardan ishlab chiqarmoqchi

O‘zbekiston 30 foiz elektr energiyasini qayta tiklanadigan manbalardan ishlab chiqarmoqchi
Yevropaning eng yirik xalqaro yangiliklar kanali – Euronews veb-sahifasida “Serquyosh O‘zbekiston “yashil” energetikaga pul tikmoqda” sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Unda qayd etilganidek, “O‘zbekiston 2030 yilgacha 30 foiz elektr energiyasini qayta tiklanadigan manbalardan ishlab chiqarishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Bu o‘rinda quyosh energiyasi muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda quyosh energiyasi sohasidagi yirik loyihalar xalqaro xususiy investorlarni O‘zbekistonga jalb qilmoqda”.

Maqolada O‘zbekistonning turli hududlarida yashil energiya sohasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari haqidagi ma’lumotlar o‘z ifodasini topgan.

Fransiyaning Total Eren kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Tutli” quyosh foto elektrostansiyasi O‘zbekistondagi ilk quyosh elektr stansiyalaridan biri sifatida ta’kidlangan. Keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Samarqanddan yuz kilometr g‘arbda joylashgan ushbu quyosh foto elektrostansiyasi 2022 yil iyul oyida ishga tushirilgan. Loyihaga yo‘naltirilgan xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi taxminan 100 million yevroni tashkil etadi".

Bu yerda o‘rnatilgan quyosh panellari har ikki daqiqada o‘z o‘rnini o‘zgartirib turadi. Ular quyosh energiyasini maksimal darajada to‘plash uchun quyosh trayektoriyasi bo‘ylab harakat qiladi. Total Eren kompaniyasi O‘zbekistonda quyosh energiyasi bilan bog‘liq loyihalarni ko‘proq amalga oshirish maqsadida mamlakatga eng yangi texnologiyalarni olib keldi”, deb yozadi Euronews.

O‘zbekistonda quyosh yiliga o‘rtacha 330 kun nur taratgani bois bu yerda quyosh energiyasidan foydalanish imkoniyati juda katta. Mamlakat kelgusi yillarda quyosh energiyasidan maksimal darajada foydalanishga intilmoqda, deb xulosa qiladi Euronews.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston 30 foiz elektr energiyasini qayta tiklanadigan manbalardan ishlab chiqarmoqchi