21:22 / 16.01.2023
890

Jahongir Ortiqxo‘jayev so‘nggi 9 oyda Toshkent budjetini qaysi sohalarga yo‘naltirgani ma’lum bo‘ldi

Jahongir Ortiqxo‘jayev so‘nggi 9 oyda Toshkent budjetini qaysi sohalarga yo‘naltirgani ma’lum bo‘ldi
Jahongir Ortiqxo‘jayev 2022 yilning 9 oyi davomida Toshkent shahri budjetini qanday tashkil etgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda «E-qaror» tizimi ma’lumotlariga tayanib, «bakiroo» Telegram kanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, yarim yillik yakunlarida bo‘lgani singari 9 oylik davrda ham Toshkent budjetini ijro qilishda ijtimoiy sohada tejash siyosati davom etgan. Jami 172 milliard so‘m tejab qolingan bo‘lsa, shuning 76,3 milliard so‘mi ta’lim, 75,3 milliard so‘mi tibbiyot yo‘nalishidan iqtisod qilingan.

Metropoliten uchun kompensatsiya (271,4 milliard so‘m), shahar transporti zarari (266,1 milliard so‘m), issiqlik ta’minotiga subsidiyalar (358,5 milliard so‘m), fuqarolarga yetkazilgan zararlarni qoplash (32,5 milliard so‘m) xarajatlari prognozga nisbatan 100 foizga ishlatilgan.

Iqtisodiyot yo‘nalishida eng katta xarajatni obodonlashtirish xarajatlari tashkil etgan (1 135,7 milliard so‘m). Toshkent shahar budjetining qo‘shimcha manbalar hisobidan qurilishga 347 milliard so‘m, yo‘llar qurilishiga 238,6 milliard so‘m, markaziy ko‘chalarni asfaltlashga 42,1 milliard so‘m sarflangan. Tarkibi yopiq holda qoldirilgan boshqa xarajatlar 880,9 milliard so‘mga yetgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Jahongir Ortiqxo‘jayev so‘nggi 9 oyda Toshkent budjetini qaysi sohalarga yo‘naltirgani ma’lum bo‘ldi