09:53 / 17.01.2023
145

O‘zbekiston—Singapur Savdo-sanoat palatasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi

O‘zbekiston—Singapur Savdo-sanoat palatasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi
Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati
16 yanvar kuni O‘zbekiston delegatsiyasining Singapurga tashrifi doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov ushbu mamlakat savdo va sanoat vaziri Gan Kim Yong bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

«Shu kunlarda ro‘y berayotgan voqealar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi sheriklikni barcha sohalarda yanada chuqurlashtirishga kuchli turtki bo‘lib, O‘zbekiston—Singapur munosabatlari tarixida mutlaqo yangi sahifa ochadi», — degan Gan Kim Yong muloqot chog‘ida.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda iqtisodiy sohada tub o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu Singapur kompaniyalariga O‘zbekiston bozoriga erkin kirib, faol tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish imkoniniyatini yaratdi. Shu munosabat bilan, ularning muvaffaqiyati boshqa investorlarni ham ushbu harakatga jalb qilinganligi ta’kidlandi.

Shu kuni ertalab biznes-forum bo‘lib o‘tdi, unda ikki mamlakatning yetakchi ishbilarmon doiralarining 200 dan ortiq vakillari ishtirok etdi. Tadbir doirasida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning keng ko‘lamli ustuvor yo‘nalishlarini qamrab oluvchi 23 ta ikki tomonlama bitimlar ro‘yxati imzolandi. Bunday boy natijalar Singapur ishbilarmon doiralarining deyarli barcha tarmoqlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishga katta qiziqish bildirayotganidan dalolat beradi.

«Biz iloji boricha ko‘proq korxonalar O‘zbekiston va uning ulkan salohiyati haqida bilishini istaymiz. Buning uchun mamlakatingizga yangi investorlarni jalb etishda doimiy yordam ko‘rsatishga tayyormiz. Shuningdek, biz O‘zbekiston tovarlarining Janubi-Sharqiy Osiyo va butun Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bozorlariga chiqishi uchun ko‘prik bo‘la olamiz», — degan Singapur savdo va sanoat vaziri.

Uchrashuvdan so‘ng hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Shu tariqa, davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston bilan Singapur o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hukumatlararo memorandum imzolandi. Bundan tashqari, O‘zbekiston—Singapur Savdo-sanoat palatasini tashkil etish va biznes-inkubatorlarni rivojlantirish bo‘yicha Singapur tajribasini O‘zbekistonga jalb etishni belgilovchi qator kelishuvlar qabul qilish masalasi kelishib olindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston—Singapur Savdo-sanoat palatasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi