09:18 / 31.01.2023
143

Litva O‘zbekistonni rivojlanishning ustuvor hamkorlari ro‘yxatiga kiritdi

Litva O‘zbekistonni rivojlanishning ustuvor hamkorlari ro‘yxatiga kiritdi
O‘zbekistonning Litvadagi elchisi Qadamboy Sultonov Litva tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mantas Adomenas bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

O‘zbekiston-Litva hamkorligi, parlamentlararo yo‘nalish orqali va xalqaro ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi siyosiy muloqot darajasini oshirishga qaratilgan qadamlar, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish, O‘zbekistonga moliyaviy va texnik yordam ko‘rsatish hajmini oshirish, ikki tomonlama munosabatlar turli sohalarini tartibga soluvchi shartnomaviy-huquqiy zaminni kengaytirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Mantas Adomenas O‘zbekiston Litvaning Markaziy Osiyodagi eng muhim sherigiga aylanib borayotganini alohida ta’kidladi. Bu borada Litva O‘zbekistonni rivojlanishning ustuvor hamkorlari ro‘yxatiga allaqachon kiritgan.

Ta’kidlanganidek, bunday maqom O‘zbekistonga ko‘rsatilayotgan moliyaviy, texnik va grant yordami hajmini, Yevropa Ittifoqining turli ixtisoslashtirilgan dasturlari imkoniyatlaridan foydalangan holda sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Litva O‘zbekistonni rivojlanishning ustuvor hamkorlari ro‘yxatiga kiritdi