Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Farg‘ona viloyatidagi faollar yig‘ilishida ishtirok etmoqda. Davlat rahbari o‘z nutqi davomida klasterlar oldiga o‘zini-o‘zi energiya bilan ta’minlash talabi qo‘yilishini bildirdi.
– Bugun dunyo yashil energetikaga o‘tmoqda. Bu masalada kim namuna bo‘lishi kerak? Albatta klasterlar birinchilar qatorida yashil energiyaga o‘tishi lozim.
Bizda Xudo bergan quyosh bor, yilning istalgan vaqtida nur sochib turadi. Bundan foydalanishimiz shart, har bir klaster o‘zini-o‘zi energiya bilan ta’minlashga o‘tishi kerak.
Yillar o‘tadi, bunga aslida ko‘p vaqt ham kerak emas, 4-5 yildan keyin siz eksport qilayotgan mahsulot bo‘yicha savollar beriladi. «Bu mahsulot qaysi dalada yetishtirilgan?» «Uni qanaqa suv bilan sug‘organsiz?» va eng muhimi: «Bu mahsulotni tayyorlash uchun qanaqa energiyadan foydalangansiz, quyosh energiyasimi, shamol energiyasimi yoki ko‘mir yoqib olinganmi?» deb so‘raydi. Shunga qarab mahsulotingiz sotib olinadi.
Hozir butun dunyoda yashil iqtisodiyotga, yashil energiyaga e’tibor kuchli. Bu bizning kelajagimiz uchun kerak. Biz ham zamonga mos bo‘lishimiz kerak, yashil energiyaga o‘tishimiz shart, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha vodiy viloyatlarida aholi uchun quyosh energiyasidan foydalanishda jozibador tizim yaratilishi va xonadonlarda ishlab chiqarilib, tarmoqqa uzatilgan har bir kilovatt soat uchun 1 ming so‘mdan hisob-kitob qilinishi xabar qilingan edi.
Yig‘ilish davomida ta’kidlanishicha, vodiy klasterlarining ishlab chiqarishdagi yillik elektr iste’moli 620 million kilovattdan oshadi. Klasterlar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun energiya ishlab chiqarilgan holatda tejab qolingan elektr energiyasini aholiga berish imkoniyati yuzaga keladi.
Shuningdek, klasterlar ham ehtiyojidan ortiqcha ishlab chiqargan elektr energiyasini xususiy sherikchilik asosida sotishi mumkin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi, u endi...