11:13 / 13.02.2023
232

Misr O‘zbekistonda yirik energetika obyektlari qurmoqchi

Misr O‘zbekistonda yirik energetika obyektlari qurmoqchi
Foto: Dunyo
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Elsewedy Electric (Misr) kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda kompaniya tomonidan mamlakatimiz energetika sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va innovatsion ishlanmalarni joriy etish istiqbollari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda kompaniya energetika sohasida dunyoning 19 ta davlatida amalga oshirilayotgan, xususan, yirik energetika obyektlarini qurish, yuqori voltli elektr uzatish liniyalarini o‘tkazish, «yashil energiya» obyektlarini yaratish va aqlli shaharlarni rivojlantirishga oid innovatsion loyihalarni taqdim etdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikni davom ettirishga o‘zaro tayyor ekanliklarini bildirdi va O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish doirasida kelgusida birgalikda ish olib borish formatini kelishib oldi.

Elsewedy Electric kompaniyasi 1938 yilda tashkil topgan. Kompaniyaning 2021 yildagi umumiy moliyaviy aylanmasi 3,8 milliard dollarni tashkil qildi. Kompaniya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari energetika obyektlarini ishlab chiqish va qurish, kabel va elektr jihozlarini ishlab chiqarish, raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda energetika va infratuzilmani rivojlantirishga sarmoya kiritish hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Misr O‘zbekistonda yirik energetika obyektlari qurmoqchi