23:18 / 14.02.2023
297

Energetika vaziri: “Lukoyl” bilan shartnoma aslida 55 ga 45 — O‘zbekiston foydasiga”

Energetika vaziri: “Lukoyl” bilan shartnoma aslida 55 ga 45 — O‘zbekiston foydasiga”
Foto: “Daryo”
O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov “Lukoyl” kompaniyasi misolida Mahsulot taqsimoti bitimi (SRP) qanday ishlashini tushuntirib berdi.

Qayd etilishicha, ko‘pchilik ushbu shartnomani 90/10 deb nomlamoqda. Ya’ni ushbu kondagi gazning 90 foizi “Lukoyl”ga, 10 foizi O‘zbekistonga degan xato tasavvurga ega.

Vazirning tushuntirishicha, aslida butunlay boshqacha. Investorlar qatorida bor bo‘lgan “O‘zbekneftgaz” (davlat korxonasi) ulushini qo‘shib hisoblaganda, jami daromadning 55 foizi O‘zbekiston, 45 foizi esa “Lukoyl”ga tegadi.

Masalan, 100 mln dollar daromad bo‘ldi, deylik. Dastlab daromad 50/50 bo‘linadi: O‘zbekistonga 50 mln dollar, investorlarga 50 mln dollar. Keyin investorlar shu 50 mln dollarni yana o‘zlari ikkiga bo‘lishadi. Investor esa 2 ta: biri «Lukoyl” — uning ulushi 90 foiz, demak 45 mln dollar (50 mln dollarning 90 foizi). Ikkinchisi “O‘zbekneftgaz” — uning ulushi 10 foiz, demak 5 mln dollar (50 mln dollarning 10 foizi). Shunday qilib, 100 mln dollar misolida olsak, ushbu bitim doirasida O‘zbekiston tomoniga 55 mln dollar, “Lukoyl”ga 45 mln dollar tegmoqda», — deydi vazir.

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekiston barcha neft va gaz konlariga tegishli eksklyuziv huquqni Rossiyaga berganini rad etgandi. Vazirning ta’kidlashicha, bu yolg‘on, mutlaqo asossiz va noto‘g‘ri talqin qilingan ma’lumot. Barcha eksplutatsiyadagi konlarning aksariyati “O‘zbekneftgaz”ga tegishli. 35 yillik shartnoma to‘g‘risidagi axborotlar faqatgina “Mustaqillikning 25 yilligi” nomli konini o‘zlashtirish va ishlatishga tegishli.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Energetika vaziri: “Lukoyl” bilan shartnoma aslida 55 ga 45 — O‘zbekiston foydasiga”