15:30 / 28.02.2023
290

Benzin narxi oshmaydigan bo‘ldi

Benzin narxi oshmaydigan bo‘ldi

Prezident qarori bilan joriy etilgan va 2022 yil 10 dekabrdan boshlab amal qilayotgan AI-80 rusumli avtobenzin uchun aksiz solig‘ini «nol» stavkada qo‘llashning amal qilish muddati ertaga, 2023 yil 1 mart kuni yakuniga yetishi kerak edi.

Davlatimiz rahbari tomonidan bugun imzolangan qarorga muvofiq, iste’molchilarning neft mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish hamda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yakuniy iste’molchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun aksiz solig‘ini «nol» stavkada qo‘llash muddati 2023 yil 31 dekabrga qadar uzaytirildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Benzin narxi oshmaydigan bo‘ldi