13:26 / 11.03.2023
202

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 15 dan ortiq hamkorlik hujjatlari imzolandi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 15 dan ortiq hamkorlik hujjatlari imzolandi

Foto: Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi — Prezident adminstratsiyasi rahbari Akilbek Japarov 8−10-mart kunlari amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Qirg‘iziston hukumati rahbari matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tashrif yakunlari bo‘yicha juma kuni 15 ta hujjatdan iborat paket imzolangan.

Imzolangan hujjatlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi:

  • O‘zbekiston prezidentining Qirg‘izistonga davlat tashrifi (2023-yil 26−27-yanvar, Bishkek) davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi (“yo‘l xaritasi”);
  • Ulgurji va chakana savdo uchun Toshkentda Made in Kyrgyzstan va Bishkekda Made in Uzbekistan savdo markazlarini (savdo uylarini) tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida ustuvor loyihalarni ilgari surish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
  • “O‘zavtosanoat” AK (O‘zbekiston), “DT Teknik” MCHJ va “NUR” AJ (Qirg‘iziston) o‘rtasida Qirg‘izistonda avtomobil va tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish (SDK) bo‘yicha hamkorlik shartnomasi;
  • “Toshelektroapparat” OAJ (O‘zbekiston) va “Dastan” transmilliy korporatsiyasi (Qirg‘iziston) o‘rtasida aqlli hisoblagichlarni ishlab chiqarish, yig‘ish va ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;
  • “O‘zkimyoimpeks” MCHJ (O‘zbekiston) va Qirg‘iziston Energetika vazirligi huzuridagi “Qirg‘iz Komur” davlat korxonasi o‘rtasida ko‘mir yetkazib berish (eksport) bo‘yicha 10 mln dollar miqdorida shartnoma;
  • “ChirchiqMashAgro” MCHJ (O‘zbekiston) va “Bishkek mashinasozlik zavodi” (Qirg‘iziston) o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma;
  • qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston—Qirg‘iziston ishchi guruhi birinchi majlisining bayonnomasi;
  • “Agroservis operatori” DUK (O‘zbekiston) va Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari ekspertizasi departamenti o‘rtasida bog‘dorchilik va meva-rezavor ekinlari sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi;
  • O‘zbekiston Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi huzuridagi Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti va Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligining Baliqchilik boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi;
  • O‘zbekiston O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining O‘simliklar karantini va himoyasi ITI hamda Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Organik qishloq xo‘jaligi departamenti o‘rtasida organik qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik va anglashuv memorandumi;
  • “Baxodir Log‘on Tekstil” MCHJ (O‘zbekiston) bilan Qirg‘izistonning Oq-Moyun, Qora-Moyun, Emgek-Talin, Sari-Oy, Uchqun, Oq-Quduq, Oq-Tal va Bayetov ovul hokimliklari o‘rtasida ekinlar yetishtirish uchun yer uchastkalarini o‘zlashtirish bo‘yicha investitsiya shartnomalari (8 million dollarlik);
  • “Baxodir Log‘on Tekstil” MCHJ (O‘zbekiston) va Qirg‘izistonning Norin viloyati At-Bashi tumani hokimligi o‘rtasida qo‘toschilik to‘g‘risidagi memorandum;
  • Mega Farm Service (O‘zbekiston) va Vision group MCHJ (Qirg‘iziston) o‘rtasida Qirg‘izistonda qo‘shma farmatsevtika ishlab chiqarishini yaratish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi (10 million dollarlik shartnoma);
  • Child toys corporation MCHJ (O‘zbekiston) va Halmion Prom MCHJ (Qirg‘iziston) o‘rtasida Qirg‘izistonda plastik quvurlar, plastmassa buyumlar va mebel ishlab chiqarish qo‘shma korxonasini tashkil etish bo‘yicha o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi (3 million dollarlik shartnoma);
  • Sayqal savdo-ishlab chiqarish korxonasi (O‘zbekiston) va “Tooke JT” MCHJ (Qirg‘iziston) o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi (500 ming dollarlik shartnoma).

Akilbek Japarov O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida bosh vazir Abdulla Aripov va prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan edi. Davlat rahbari avtomobilsozlik sohasida kooperatsiya loyihalarini tezkorlik bilan amalga oshirish, paxta-to‘qimachilik qo‘shma klasterlarini tashkil etish, elektr jihozlari ishlab chiqarish, shuningdek, foydali qazilmalar konlarini birgalikda o‘zlashtirish muhimligini taʼkidlagan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 15 dan ortiq hamkorlik hujjatlari imzolandi