
Malayziya qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va ishlanmalari instituti (MARDI) va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi vakillari o‘rtasida onlayn-uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha Malayziya tajribasini o‘rganish, mazkur sohada ushbu mamlakat mutaxassislari va agronomlarini O‘zbekistonga jalb etish va ikki tashkilot o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar natijasida tomonlar malayziyalik qishloq xo‘jaligi mutaxassislari va agronomlarini O‘zbekistonga yuborish, Malayziya qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi vazirligi hamda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida Anglashuv memorandumini imzolash imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar