O‘zbekistonda prezident farmoni bilan ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi.
Xabarga ko‘ra, 28 mart kuni Prezident Administratsiyasi mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan maxsus brifingda yaqin kunlarda davlat rahbari tomonidan imzolangan farmon va qonunlar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Unda Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyev 28 mart kuni ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida farmonni imzolaganini ma’lum qilgan. Mazkur farmonda 1 apreldan pensiya va nafaqalar miqdori 7 foizga, 1 maydan mehnatga haq to‘lash miqdorlari 7 foizga oshirilishi belgilangan.
Bunda pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori oyiga 347 ming so‘m, yoshga doir eng kam pensiya miqdori 677 ming so‘m va nogironlik pensiyasi, jumladan, ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyaning eng kam miqdori 747 ming etib belgilanmoqda. Nafaqasi oshadigan fuqarolar soni 4 000 400 tani tashkil etadi.
Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqini oshirish bo‘yicha farmonga asosan, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oyiga 980 ming so‘m etib va ba’zaviy hisoblash miqdori esa 330 ming so‘m etib belgilanmoqda. Bu bilan qariyb 2 mln budjet tashkilotlari: shifoxona, maktab, bog‘cha va boshqa ijtimoiy sohada ishlaydigan xodimlarning oyligi oshirilmoqda. Bunga umumiy 8,1 trillion so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratilyapti.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?