date
views 164

Shavkat Mirziyoyev investorlarga: “Sizlarga prezident sifatida kafolat beraman”

Shavkat Mirziyoyev investorlarga: “Sizlarga prezident sifatida kafolat beraman”
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev II Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqi yakunida forum ishtirokchilariga murojaat qildi.
 
Ishonchim komil, bo‘lib o‘tayotgan muloqotlar orqali Yangi O‘zbekistondagi biznes uchun beqiyos imkoniyatlarni kashf qilasizlar. Yangi-yangi hamkorlar topasizlar, deb ishonaman.
 
Sizlar o‘zingiz istagan tinchlik va barqarorlik, qulay investitsiya muhiti hamda zarur kafolatlarni aynan bizning yurtimizda topasiz. Men buni alohida aytmoqchiman. Qanday hamkorlik topsalaringiz ham, qanday rejalar qilsalaringiz ham, men bunga prezident sifatida kafolat beraman.
 
Yangi O‘zbekiston sizning biznes faoliyatingizda alohida yorqin iz qoldiradigan makon bo‘lib xizmat qiladi, deb ishonaman”, – dedi davlat rahbari.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Shavkat Mirziyoyev investorlarga: “Sizlarga prezident sifatida kafolat beraman”