Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy huzurida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan 15 ta ikki tomonlama hujjatni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, quyidagilar qabul qilindi:
– Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
– Ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish hamda daromad va mulk soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni bartaraf qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
– Bojxona ishlarida o‘zaro ko‘mak ko‘rsatish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
– Mehnat munosabatlari sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
– Diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod etish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
– Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo memorandum;
– Madaniyat sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo memorandum;
– Savdo sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
– Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
– O‘simliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
– Sport va yoshlar ishlari sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
– Toshkent va Doha shaharlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum.
Shuningdek, tashqi ishlar va adliya vazirliklari o‘rtasida 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturlari hamda Ustuvor investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun qo‘shma platforma yaratish to‘g‘risida kelishuv imzolandi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring