Bitkoin virtual valyutasi Britaniyaning EIdan chiqishi tufayli 120 dollarga qimmatlashdi

Bitkoinning kursi 24 iyundagi savdolar davomida 120 dollarga oshib, 679 dollargacha etdi, deb xabar bermoqda "Kun" nashri.
Bitkoin hozirda oltin bilan bir yo‘nalishda ketmoqda, oltin savdolar vaqtida 4 foizdan ko‘proqqa qimmatlashib, 1400 dollardan oshdi. Bu ikki aktivga talab odatda bozorda beqarorlik hukm surganda oshadi.
24 iyunda Evropadagi fond indekslari 3-6 foizga pasaydi. Germaniyaning DAX indeksi deyarli 7 foiz yo‘qotdi.
23 iyunda Buyuk Britaniyada mamlakatning Evropa Ittifoqidagi kelgusi taqdiri bo‘yicha referendum o‘tkazildi. Britaniyaning 51,9 foiz aholisi mamlakatning EI tarkibidan chiqishiga ovoz berdi.
Bitkoin bugungi kunda dunyodagi eng tarqalgan va muvaffaqiyatli virtual valyuta hisoblanadi. Bir qator davlatlarda u taqiqlangan, u bilan operasiyalar o‘tkazganlik jazolanadi. Ayni vaqtda muomalada 15,5 millionga yaqin bitkoin mavjud. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing