20:13 / 23.08.2023
235

O‘zbekiston xorijiy investorlar uchun qanchalik jozibali?

O‘zbekiston xorijiy investorlar uchun qanchalik jozibali?

Foto: Google Images 

So‘nggi yillarda ilgari investorlarning O‘zbekiston bozoriga kirishi va erkin faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qilgan barcha omillar bartaraf etilib, tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratila boshlandi.

Natijada kiritilgan yillik xorijiy sarmoyalar hajmi ilk bor 10 milliard dollarga yetdi. Bu 2017-yilga nisbatan 3 barobarga ko‘p demakdir.

Shu o‘rinda so‘nggi yillarda sarmoyadorlar uchun qanday sharoitlar yaratilayotganiga to‘xtalsak:

— xorijiy investorlar bilan ishlashning yaxlit tizimi joriy qilindi. Investitsiya, sanoat va savdo vazirligida loyiha tashabbusidan boshlab to uni ishga tushirishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarda investorlarga “yagona darcha” orqali ko‘maklashish yo‘lga qo‘yildi;

— xorijiy tadbirkorlar masalalarini tezkor hal etish, ularning davlat rahbari bilan bevosita muloqotini yo‘lga qo‘yish maqsadida Xorijiy investorlar kengashi ish boshladi;

— ishbilarmonlar huquqlarining himoyasini kuchaytirish maqsadida chet ellik investorlar uchun ko‘chmas mulk sotib olish, O‘zbekistonga kelib-ketish va yashash shartlari keskin soddalashtirildi;

— mamlakatda ochiqlik siyosatini ta’minlash uchun 90 ta xorijiy davlat fuqarolari uchun O‘zbekistonga vizasiz kirish imkoniyati yaratildi. Yana 60 ga yaqin mamlakat fuqarolariga esa yengillashtirilgan tartibda viza olish imkoniyati berildi.

— xorijiy investorlar huquqlarini himoya qilish borasida ma’muriy sudlarga katta vakolatlar berildi. Endilikda investorlar va ular bilan ishlayotgan tadbirkorlar sudda o‘z talabining to‘g‘riligini isbotlashi shart emas. Davlat idorasi o‘z qarorining qonuniyligini isbotlab berishga majbur bo‘ladi. Yuzaga kelgan har qanday noaniqliklar esa investorlar foydasiga hal qilinadi.

Ta’kidlash joiz, xorijiy tadbirkorlar va investorlar faoliyati uchun amalga oshirilgan islohotlar natijasida mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish, investorlarning davlat siyosatiga bo‘lgan ishonchini oshirish, davlat organlarining investorlar bilan o‘zaro manfaatli sherikligini mustahkamlash uchun mukammal poydevor yaratilmoqda.

Xorijiy tadbirkorlarga O‘zbekistonda hech qanday to‘siqlarsiz tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, huquqiy himoya va kafolatlar tatbiq etilishi xorij investitsiyalarini jalb qilish jarayonini faollashtirishga shart-sharoit yaratadi.

Shu bilan birga, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishni davom ettirish, yuqori texnologik raqobatdosh tarmoqlarni yaratish, ilg‘or xorij texnologiyalari va boshqaruv tajribalarini tatbiq etish imkonini beradi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston xorijiy investorlar uchun qanchalik jozibali?