Daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lganlar «Yagona portal» orqali murojaat qiladi
Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga imtiyozni qo‘llash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasida jismoniy shaxslar tomonidan daromad solig‘iga imtiyozdan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish belgilanmoqda.
Shuningdek, daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozni qo‘llash uchun murojaat qiluvchi jismoniy shaxsga daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz qo‘llangan yoki qo‘llanmagani haqida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali QR-kod qo‘yilgan xabarnoma yuborish nazarda tutilmoqda.
Shu bilan birga, loyihada jismoniy shaxsga nisbatan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz qo‘llashni rad etish asoslari aniq belgilanmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring