Abdulla Aripov Chexiya prezidenti Petr Pavel bilan uchrashdi

Abdulla Aripov Chexiya prezidenti Petr Pavel bilan uchrashdi

Foto: gov.uz

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Chexiyaga rasmiy tashrifi doirasida ushbu mamlakat prezidenti Petr Pavel bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Bosh vazir Abdulla Aripov Chexiya prezidentiga davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Abdulla Aripov Chexiya prezidenti Petr Pavel bilan uchrashdi

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, energetika, transport, turizm, qishloq xo‘jaligi, madaniy-humanitar, turizm, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Chexiyaga rasmiy tashrifi doirasida ushbu mamlakatning “Shkoda”, “Omnipol”, “Kristal Bogemiya”, “Primako” va boshqa firma hamda kompaniyalari vakillari bilan tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik aloqalarini kengaytirishga qaratilgan ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.

Abdulla Aripov Chexiya prezidenti Petr Pavel bilan uchrashdi

Chexiyaga tashrif yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 800 million yevrodan ziyod investitsiya bitimlari va savdo shartnomalari imzolandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar